Daryo

Jurnalistlar Jo Bayden avvalgi prezidentlarga nisbatan qimmatroq soat taqishini aniqladi

Baydenning nabiralari inauguratsiya marosimiga qimmatbaho libosda kelgani ham muhokamalarga sabab bo‘lgandi

1 daqiqa o‘qish35 312 ko‘rishlar0 izoh0

Jurnalistlar AQSh prezidenti Jo Baydenning soati narxi qancha ekanini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Independent nashri xabar beradi.

Foto: Independent

Siyosatchi taqqan soat Shveytsariyaning mashhur brendi Rolex’ning Datejust modeli ekani paparatssi nishonidan chetda qolmagan. Ma’lum qilinishicha, mazkur lyuks aksessuarning narxi 7 ming funt sterlingni ( 9553 dollar) tashkil qiladi.

The New York Times nashri jurnalistlari Baydenning soati avvalgi prezidentlar taqqan soatdan qimmatroq ekaniga e’tibor qaratgan. Masalan, Bill Klinton va Kichik Jorj Bush Amerikaning Timex soat brendini, Barak Obama esa Shinola va Jorg Gray’larni afzal bilgan.

https://twitter.com/ColesStreetPoth/status/1352726773545512962?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1352726773545512962%7Ctwgr%5E&ref_url=https%3A%2F%2Fd-6671407121387208349.ampproject.net%2F2101212155000%2Fframe.html

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur maqolaga nisbatan norozilik bildirgan. Ularning fikricha, AQSh prezidentining istalgan narxdagi soatni taqishga haqqi bor. Shuningdek tvitlar orasida Tramp odamlarni o‘zi boshqargan hukumatga qarshi isyon qilishga gij-gijlaganida, Baydenning Rolex soatini taqishining ajablanarli tomoni yo‘q mazmunidagi fikrlarni ham uchratish mumkin. “Unda pul topishga imkon bo‘lgan va u shundan foydalanyapti, buning uyatli joyi yo‘q”, — deb yozgan foydalanuvchilar Twitter’da.

Avvalroq, Baydenning nabiralari inauguratsiya marosimiga qimmatbaho liboslarda kelgani ham muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Unda 2O yashar Meyzi, Rodarte brendidan 1575 dollarlik pushti ipak matodan tikilgan ko‘ylakda, 21 yoshli Finnegan esa Markarian brendidan 1995 dollarlik libosda tashrif buyurgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar