Daryo

Dubay chet ellik sayyohlar uchun amirlikka kirish qoidalarini kuchaytiradi

Dubayga kelgan barcha chet el fuqarolari so‘nggi 72 soatda olingan PZR testining manfiy natijasi qayd etilgan sertifikat taqdim etishlari lozim

1 daqiqa o‘qish41 948 ko‘rishlar0 izoh0

Dubay amirligi koronavirus pandemiyasi sababli 31-yanvardan boshlab xorijiy sayyohlar uchun kirish qoidalarini kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda amirlik hukumati matbuot xizmati payshanba kuni Twitter’da ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS” agentligi.

Foto: Harper’s Bazaar

Yangi qoidalarga ko‘ra, Dubayga kelgan barcha chet el fuqarolari so‘nggi 72 soatda olingan PZR testining manfiy natijasi qayd etilgan sertifikat taqdim etishlari kerak. Avvalroq sayohatdan 96 soat oldin testdan o‘tishga ruxsat berilgandi.

“Dunyoning istalgan mamlakatlaridan Dubayga kelgan sayohatchilar oldindan PZR sinovidan o‘tishi lozim. Ayrim davlatlardan kelganlar (COVID-19 holatiga qarab) Dubayda qo‘shimcha sinovlardan o‘tishlari kerak bo‘ladi. PZR sinovlarining amal qilish muddati 96 dan 72 soatgacha qisqartirildi”, – deyiladi matbuot xizmati xabarida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan beri amirlikda 293 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 819 nafari vafot etgan, 267 mingdan ortiq bemor tuzalgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar