Xamirli taomni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao. Pishloqdan tortib muskat yong‘og‘igacha bo‘lgan “nachinkali” yegulikning mazasi barcha uchun manzur keladi.

Foto: “Vkuso.ru”

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • Un – 300 gr;
  • Suv – 10 osh qoshiq;
  • Kungaboqar yog‘i – 5 osh qoshiq;
  • Sirka – 1 osh qoshiq;
  • Tuz – 1 choy qoshiq.
  • Sut – 2 osh qoshiq;
  • Tuxum sarig‘i – 1 dona.

“Nachinka” uchun:

  • Qiyma – 500 gr;
  • Pishloq – 200 gr;
  • Qo‘ziqorin – 100-150 gr;
  • Suv yoki sut – ½ stakan;
  • Baton non – 2-3 bo‘lak;
  • Tuxum – 2 dona;
  • Bulg‘or qalampiri – 1 dona;
  • Sariyog‘ – 30 gr;
  • Sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • Tuz ta’bga ko‘ra.

Tayyorlanish jarayoni:

Xamir uchun tayyorlangan mahsulotlar aralashtiriladi.

Foto: “Vkuso.ru”

Xamir dumaloq shaklga keltirilib, ustiga un sepiladi. Katta idishga qaynoq suv solinadi va idish qizigandan so‘ng suv to‘kib tashlanib, idish xamirning ustiga yopiladi va soviguncha xamir yuzasi ochilmaydi. Ushbu harakat uch marotaba takrorlanadi.

Foto: “Vkuso.ru”

Ushbu texnika xamirning oson yoyilishiga sabab bo‘ladi.

Foto: “Vkuso.ru”

“Nachinka” uchun ajratilgan qo‘ziqorin va bulg‘or qalampiri to‘g‘raladi va 5 daqiqa yordamida sariyog‘da qovuriladi.

Foto: “Vkuso.ru”

Qiyma, sarimsoq, baton non, pishirilgan sut, muskat yong‘og‘i va tuz aralashtiriladi. Avval parraklangan pishloq, keyin esa qiymali aralashma xamir ustiga bir tekisda joylashtiriladi.

Foto: “Vkuso.ru”

Ustidan qovurilgan qo‘ziqorin va bulg‘or qalampiri solinadi.

Foto: “Vkuso.ru”

Xamir xuddi rulet shaklida o‘raladi.

Foto: “Vkuso.ru”

Qolip avval yog‘lanadi so‘ng rulet joylashtirilib, o‘rtacha darajada 40-45 daqiqaga pechga qo‘yiladi. Rulet tayyor bo‘lishiga 15 daqiqa qolganda sut va tuxum sarig‘ining aralashmasi xamir yuzasiga suriladi. So‘ng yana usti qizarguncha pechga qo‘yiladi.

Foto: “Vkuso.ru”

“Shtrudel” sizga muntazir! Yoqimli ishtaha!