Daryo

Go‘sht, pomidor va baqlajondan takrorlanmas ta’mga ega “zapekanka” retsepti

Ham mazali, ham vitaminlarga boy taom

1 daqiqa o‘qish67 743 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ushbu retseptda go‘sht avval tomat pastasi bilan marinadlanadi. Baqlajon va pomidorning uyg‘unlashuvi taomga yanada o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Go‘sht – 600 gr;
  • Piyoz – 1 dona;
  • Sarimsoq – 2-3 bo‘lak;
  • Tomat pastasi – 3 choy qoshiq;
  • Suv – 150 ml;
  • Baqlajon – 3 dona;
  • Pomidor – 3 dona;
  • O‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • Pishloq – 100 gr;
  • Ko‘kat, tuz, murch ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Go‘sht o‘rtacha kattalikda, piyoz parrak qilinib, sarimsoq va ko‘katlar esa mayda qilib to‘g‘raladi. Tomat pastasiga suv qo‘shilib, go‘sht, piyoz va sarimsoq ustidan quyiladi. Tuz hamda ziravorlar sepilib, 1 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  2. Baqlajon aylana shaklida kesilib, tuz solingan suvga yarim sotga qo‘yiladi. So‘ng qog‘oz sochiqlar ustida quritiladi.
  3. “Zapekanka” pishiriladigan qolip yog‘lanadi. Avval baqlajon, ustidan go‘sht, yana baqlajon va pomidor terilib, qatlam hosil qilinadi. Usti falga qog‘oz bilan yopiladi.
  4. 200 daraja issiqlikdagi pechga 1 soat 20 daqiqaga qo‘yiladi. Tayyor bo‘lishidan 10-15 daqiqa avval pechdan olinib, ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar