Daryo

Kanadada quyon qorbolani o‘pib, uni “burun”siz qoldirdi (video)

Meduza Kanadada istiqomat qiluvchi Brayantlar oilasi tomonidan yasalgan mitti qorbola videosi bilan bo‘lishdi

1 daqiqa o‘qish49 494 ko‘rishlar0 izoh0

Meduza Kanadada istiqomat qiluvchi Brayantlar oilasi tomonidan yasalgan mitti qorbola videosi bilan bo‘lishdi. An’anaga ko‘ra qorbolaning burni o‘rniga sabzi o‘rnatilgan. Shunda uning oldiga quyon yugurib kelib, orqa panjalarida tik turgan holda qorbolani o‘pgan. Aftidan, bu chalg‘ituvchi harakat hisoblanadi. Quyon uchun kerakli narsa — bu faqatgina sabzi, u qorbola “burnini” chaynashga tushgan. Brayantlar chetda turib sodir bo‘lgan voqeani kuzatgan. Natijada sabzining katta qismi kemirib tashlangan, quyon esa noma’lum yo‘nalish bo‘ylab qochib ketgan.

Avvalroq Rossiyaning Tyumen viloyatida 5 metrlik qorbola yasalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi bilan qorbola yasadi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar