Daryo

Video: Muzlagan ko‘lda shaxmat o‘ynayotgan ikki kanadalik

O‘yin vaqtida havo harorati Selsiy bo‘yicha -20 darajani tashkil etgan

1 daqiqa o‘qish67 316 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Autoexpress

Kanadalik Ron Batuigas va Nik Maknot muzlab qolgan ko‘lga tushib, bir-biri bilan shaxmat o‘ynadi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Instagram / Nik Maknot

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu vaqtda havo harorati Selsiy bo‘yicha -20 darajani tashkil etgan. Faqat bosh kiyim kiyib olgan o‘yinchilar sovuq suv ichida shaxmat o‘ynashgan.

Shaxmat doskasi esa muz parchasi ustiga o‘rnatilgan — u doska va barcha donalarni ko‘tara oladigan darajada mustahkam bo‘lgan. O‘yin esa besh daqiqa davom etgan.

Instagram’dagi izohlarga ko‘ra, Maknot g‘olib chiqqan. Ta’kidlanishicha, kanadaliklar o‘zini yaxshi his etmoqda va yana qayta o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir: Rossiyadagi suv omborida kamyob tabiat hodisasi — “muz gullar” suratga olindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar