Daryo

Tabiiy usulda tayyorlangan anorli moxito

Bugun issiq kunlarimizni eslagan holda tetiklantiruvchi ichimlik – anorli moxitoni tabiiy usullar bilan tayyorlashni o‘rganamiz

1 daqiqa o‘qish31 492 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Yozning issiq kunlarini eslash uchun bugun muzdek, shirin va tetiklantiruvchi ichimlik – anorli moxito tayyorlashni o‘rganamiz. Oddiy va oson yo‘l bilan tayyorlanadigan ichimlikni o‘z yaqinlaringiz uchun tayyorlab bering!

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • shakar — ½ stakan;
  • suv — ½ stakan;
  • laym — 1 dona;
  • yalpiz barglari — 10 dona;
  • muz — 1 hovuch;
  • anor donalari — ta’bga ko'ra;
  • anor suvi — 120 ml;
  • gazli suv — 240 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
  • shakarni idishga soling va suv quying. Baland olovga qo‘yib, aralashtiring, so‘ngra qaynatib oling. Tayyor bo‘lgan siropni sovutib oling;
  • laymni doira shaklida bir necha bo‘lakka bo‘lib oling va sirop quyilgan stakanga yalpizlar bilan bezak bering;
  • stakanga muz va anor donachalarini qo‘shing, sovuq moxitoga gazli suvni quying va aralashtiring.
Oson va tez tayyorlanadigan ichimligimiz tayyor! Yoqimli ishtaha!
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar