Daryo

Ukrainada fevral oyida ommaviy vaksinatsiya boshlanadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, tez orada mamlakat koronavirusga qarshi birinchi million dozadagi vaksinalarni qabul qiladi

1 daqiqa o‘qish19 718 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CNN

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, tez orada mamlakat koronavirusga qarshi birinchi million dozadagi vaksinalarni qabul qiladi. Ammo qaysi vaksinadan foydalanilishi haqida aniq ma’lumot keltirilmagan, deb yozmoqda “Kommersant”.

Foto: CNN

“Fevral oyida Ukrainada emlash boshlanadi, biz tez orada Ukrainaga yetakchi xalqaro kompaniyaning 1 million dozali vaksinasi yetkazib berilishini kutmoqdamiz — bu birinchi million doza bo‘ladi. Tafsilotlarni yaqin vaqt ichida e’lon qilishimiz mumkin”, — dedi Vladimir Zelenskiy o‘zining rasmiy Telegram kanaliga joylashtirilgan videomurojaatida.

Jons Hopkins universteti ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada pandemiya boshlanganidan beri 1,23 million kishi koronavirus bilan kasallangan, 23 ming kishi vafot etgan.

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba COVID-19’ga qarshi Rossiya vaksinasi samarali bo‘lib chiqsa ham, unga qarshi turishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur vaksina targ‘ibot maqsadlarida qo‘llanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 2021-yil 8-yanvardan qat’iy karantin joriy etilib, mamlakatda 24-yanvardan boshlab qat’iy lokdaunni bekor qilish va koronavirus tufayli joriy qilingan avvalgi cheklovlarga qaytish rejalashtirilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar