Daryo

Mahmud Murodov: O‘zbekistonda UFC musobaqasi o‘tkazilsa, tekinga jang qilishga ham tayyorman

“Hayotimda birinchi marta biroz hayajon paydo bo‘ldi”, — deydi Murodov

1 daqiqa o‘qish32 822 ko‘rishlar0 izoh0

O‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov UFC 257 musobaqasidan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images
Hayotimda birinchi marta biroz hayajon paydo bo‘ldi. Bosim bor edi. O‘tgan haftada Zarruh jang qildi. Uning mag‘lubiyatidan keyin hamma “Sen yutishing” kerak deb yoza boshladi. Juda katta bosim bor edi.

Bilasizmi, Zarruh yaxshi chiqish qildi, biroq unga ozgina yetishmadi. Unda ham ozgina hayajon bor edi. Biroq u qaytadi va umid qilamanki, g‘alaba qozonadi. Chunki bu bizning mamlakat uchun juda muhim. Bu yerda uch kishimiz, balki bir kun kelib O‘zbekistonda ham musobaqa o‘tkazilar. Bu musobaqada tekinga jang qilishga ham rozi bo‘lardim.

Mahmud Murodov, UFC jangchisi
Mahmud Murodov va Endryu Sanches o‘rtasidagi jangni bu yerda tomosha qilish mumkin — video. Mavzuga doir: Murodov UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qildi va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar