Daryo

FVV Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilayotgani sabab haydovchilarni ogohlantirdi

Bundan tashqari, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish41 378 ko‘rishlar0 izoh0

Qamchiq dovonida 22-yanvar kuni qor yog‘ishi kutilayotgani sababli FVV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Foto: “Pv.uz”

Qayd etilishicha, Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin.

Vazirlik ushbu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Avvalroq “O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmidan shamol tezligi kuchayib, qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar