Daryo

Andijonda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 3 nafar ota 15 sutkaga qamaldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 2019-yil 22-fevraldagi sud qaroriga asosan qarzdor S.Sh.dan undiruvchi U.Sh. foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik daromadining 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan

1 daqiqa o‘qish32 036 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yashovchi S.Sh., S.S., O.R. voyaga yetmagan farzandlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 2019-yil 22-fevraldagi sud qaroriga asosan qarzdor S.Sh.dan undiruvchi U.Sh. foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik daromadining 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. MIB Bo‘ston tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari davomida qarzdor bir necha marotaba og‘zaki va yozma ravishda ogohlantirilishiga qaramay, salkam ikki yil davomida jami 24 million so‘mga yaqin aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli qarzdor S.Sh.ga nisbatan 2021-yil 14-yanvar kuni ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudiga yuborilgan. Sud ishni ko‘rib chiqib, qarzdor S.Sh.ga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlagan.

Shuningdek, sud buyrug‘iga asosan yana bir qarzdor S.S.dan undiruvchi O.S. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadining 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor jami 8 million so‘m aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.

Yana bir qarzdor O.R. ham otalik mas’uliyatiga befarqlik bilan qarab, sudning ijro hujjatini bajarmagani oqibatida ikki nafar farzandi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan aliment qarzdorligi 12 million so‘mdan oshgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha to‘plangan ish hujjatlari ham jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudiga yuborilgan bo‘lib, sud jarayonida alimentdan qarzdorlarga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar