Daryo

Shavkat Mirziyoyev Senatning yangi binosi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Oliy Majlis Senatining yangi binosi Toshkentning Islom Karimov ko‘chasidagi sobiq TIV binosi o‘rnida bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish68 202 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar, juma kuni Toshkent markazidagi Islom Karimov ko‘chasida Oliy Majlis Senatining yangi (sobiq TIV) binosini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Loyihaga ko‘ra, 6 qavatli eski bino tubdan rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha obyektlar quriladi. Bugungi kunda muhandislik tarmoqlari montaj qilinmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi binoda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish uchun 280 o‘rinli zal tashkil etilmoqda. U milliy naqshlar bilan bezatilgan bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Parlamentimiz faol ishlayapti. Majlislar paytida bitta qonun loyihasi soatlab muhokama qilinadi. Shuning uchun ishtirokchilarning harakatlanishi, salomatligi, yoshi bilan bog‘liq har bir jihatni e’tiborga olish, shunga yarasha qulaylik yaratish zarur. Zalga quyosh nuri tushib tursa, kayfiyatga, ishga yaxshi ta’sir qiladi”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi binoda, shuningdek, delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, OAV vakillari uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar