Daryo

Halilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Tayinlovga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori lavozimida, undan avval esa Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbari lavozimida ishlab kelgan

1 daqiqa o‘qish46 839 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

Halilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

U 2020-yilning sentabr oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida, undan avval esa Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Fazliddin Umarov DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga direktor etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar