Daryo

Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlandi (video)

Kuchli qor tufayli yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi, 500 dan ziyod aviareyslar bekor qilindi

1 daqiqa o‘qish70 928 ko‘rishlar0 izoh0
Videodan kadr

Yaponiya sohillarida kuchli qor yog‘di, deb yozadi “Kommersant”. Mahalliy NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ofat oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlangan.

Skrin: Videodan kadr

Kuchli qor tufayli yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi, 500 dan ziyod aviareyslar bekor qilindi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishga mamlakat O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari otryadlari jalb qilindi. Niigata, Toyama, Isikava, Fukui va Gifu prefekturalari eng ko‘p jabr ko‘rdi. Ushbu hududlar aholisiga uyda qolish tavsiya etilmoqda. Sinoptiklar hisob-kitoblariga ko‘ra, qor yog‘ishi ikkinchi kun ham to‘liq davom etadi.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar