Daryo

Buxoroda issiq asfalt ortilgan yuk mashinasi 33 yoshli erkak ustiga ag‘darildi

Bunga guvoh bo‘lgan ayol hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan. Ularning ikkoviga tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish159 570 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Buxoro viloyati VFB matbuot xizmati

Buxoroda asfalt yuklangan Howo yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida shu hududda obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan 33 yoshli erkak yuk tagida qolib ketdi.

Foto: Buxoro viloyati VFB matbuot xizmati

Voqea 10-yanvar, yakshanba kuni shaharning Bahovuddin Naqshband ko‘chasida yuz bergan. Bunga guvoh bo‘lgan ayol hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan.

To‘kilgan issiq asfalt ostida qolgan 1988-yilda tug‘ilgan xodim M.Sh. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qutqarilgan. Unga va hushini yo‘qotgan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Aniqlanishicha, ushbu hodisaga yo‘ldagi nosozlik sabab bo‘lgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha kun avval ushbu hududda suv quvurlari yorilgan va “Suvoqova” tashkiloti muammolarni bartaraf etish maqsadida yo‘lak ostini qazigan va yuza qismini shunchaki ko‘mib ketgan.

Ushbu yo‘lak orqali harakatlangan Howo yuk og‘irligi sabab yo‘lning aynan o‘sha qismi mo‘rtligidan ag‘darilib ketgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar