Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Andijon viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Ibrohim Xolmatov Andijon shahriga vaqtincha hokim etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Hudud Inform” kanali xabar berdi.

Foto: Telegram / “Hudud Inform”

Foto: Telegram / “Hudud Inform”

Ma’lum qilinishicha, shu kungacha mazkur lavozimda ishlab kelgan Bahrom Haydarovning sog‘lig‘ida muammo yuzaga kelgan.

Ibrohim Xolmatov avval ham qisqa muddat Andijon shahar hokimi lavozimida ishlagan.

Avvalroq Bahrom Haydarov Prezident talab qilmagunga qadar muhtoj odamlar holidan xabar olinmaganini tan olgan edi.

Ma’lumot uchun, Bahrom Haydarov Andijon shahrining yangi hokimi lavozimiga 2019-yilning oktabrida tasdiqlangan edi. U 2016-yildan boshlab Andijon shahriga hokimlik qilib kelgan va ijtimoiy tarmoqlarda behayo suratlari tarqalgan Dilmurod Rahmatullayevning o‘rnini egallagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi