Daryo

Britaniyada aholini AstraZeneca vaksinasi bilan emlash boshlandi

Birinchi bo‘lib vaksinani 82 yoshli Brayan Pinker qabul qildi

1 daqiqa o‘qish17 803 ko‘rishlar0 izoh0

Buyuk Britaniyada aholini Britaniya va Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi hamda Oksford universiteti tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksina bilan emlash boshlandi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

https://twitter.com/NHSEngland/status/1346003451000532992?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1346003451000532992%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.kommersant.ru%2Fdoc%2F4638716

Birinchi bo‘lib vaksinani 82 yoshli Brayan Pinker qabul qildi.

AstraZeneca’dan foydalanishni Buyuk Britaniya hukumati ma’qullagani haqida dekabr oxirida ma’lum bo‘lgan edi. Britaniya 100 million doza vaksinaga buyurtma bergan — bu 50 million kishini emlash uchun yetadi.

Buyuk Britaniya AstraZeneca vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Avvalroq u AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarni birinchilardan bo‘lib litsenziyalagandi.

Noyabr oyining oxirida AstraZeneca kompaniyasi Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqargan vaksinasi 70 foiz samaradorligi haqida e’lon qilgandi. Kompaniya vaksina turli emlash sxemalarida turlicha samaradorlik ko‘rsatganini bildirgan.

Buyuk Britaniyada aholini COVID-19’ga qarshi Pfizer va BioNTech vaksinasi bilan emlash 8-dekabrdan boshlangan edi.

Pandemiya boshidan buyon Buyuk Britaniyada 2,6 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 75 ming kishi vafot etgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar