Daryo

O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq transformator yangilanadi, 5 mingdan ortiq ta’mirtalab ko‘prik tiklanadi

Prezidentning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda bilim yetishmasligi barcha sohalarda sezilmoqda va bu “bugungi kunda ishimizdagi eng katta kamchilikdir”

1 daqiqa o‘qish19 228 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda bilim yetishmasligi barcha sohalarda sezilmoqda va bu “bugungi kunda ishimizdagi eng katta kamchilikdir”. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Holbuki, birorta hududni ham, tarmoqni ham, zamonaviy ilm va bilimlarsiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ortig‘i ‘bilimlar iqtisodiyoti’ hisobidan, ya’ni innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotgani buni yaqqol isbotlamoqda”, — dedi davlat rahbari.

Ma’lum qilinishicha, bundan buyon har bir qishloq yoki mahalla o‘z yo‘nalishi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, rivojlantiriladi. Buning uchun Prezident 2021-yilda 3 trillion so‘mlik Hududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasini tuzishni taklif qildi. Jamg‘arma mablag‘lari mahalliy Kengashlar takliflariga asosan, infratuzilma loyihalarini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 84 ta tuman va shaharda sanoat salohiyatini yanada oshirish uchun 100 ta texnopark, kichik sanoat zonalari, hududiy klaster va maxsus logistika markazlari tashkil etiladi. 2021-yilda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilmalar bilan ta’minlash uchun 1,6 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

“Hukumat hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini kelgusi yil 1-aprelga qadar tasdiqlashi zarur. Shuningdek, 5 mingdan ortiq ta’mirtalab ko‘prikni tiklash bo‘yicha dastur qabul qilinadi. Bu ishlarga 2021-yilda 400 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi”, — dedi Mirziyoyev. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar