Daryo

Namanganda MAN va Nexia ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 3 nafari voyaga yetmagan bolalar

Ular hodisa joyida yonib ketib vafot etgan

1 daqiqa o‘qish83 902 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Namangan shahrida 16-dekabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi Nexia avtomobilida yonib ketdi va halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, 16-dekabr kuni soat 16:30 da Namangan shahridagi Islom Karimov va Istiqlol ko‘chalari kesishgan “Fazo” chorrahasida MAN yuk mashinasi va Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 1974-yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. MAN rusumli yuk avtomashinasida harakatlanayotib, chorrahadan o‘tayotgan 1978-yilda tug‘ilgan haydovchi N.M. boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

To‘qnashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lib, Nexia’ning salonida bo‘lgan 42 yoshli haydovchi, haydovchining 39 yoshli rafiqasi M.X., haydovchining 13 yoshli va 10 yoshli farzandlari M.B. va A.B., 34 yoshli yo‘lovchi G.Sh. va 7 yoshli yo‘lovchi M.Sh. hodisa joyida yonib ketib vafot etgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Andijonda Lacetti haydovchisi tuman sababli piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi kasalxonada vafot etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar