Daryo

O‘zbekistonga 10 oyda necha tonna mandarin import qilingani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi xorijiy davlatlardan import qilingan sitrus mevalar haqida ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish29 604 ko‘rishlar0 izoh0

Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yilning 10 oyida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan import qilingan sitrus mevalar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”
Unga ko‘ra, bu davr mobaynida respublikaga keltirilgan sitrus mevalar va ularning qiymati quyidagicha:
  • Banan — 17,6 million dollarga teng 26,5 ming tonna;
  • Avokado — 21,6 ming dollarga teng 30,2 tonna;
  • Ananas — 258,1 ming dollarga teng 382,4 tonna;
  • Mandarin — 3,5 million dollarga teng 22,4 ming tonna;
  • Apelsin — 1,7 million dollarga teng 2,7 ming tonna.
Qo‘mita 2020-yilning 11 va 12 oyi yakunlari bo‘yicha mazkur mevalarning importiga oid alohida yangiliklar berilishini bildirgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar