Foto: Odamlar bilan uyg‘unlikda yashayotgan Turkiyaning it va mushuklari
Ushbu galereyada it va mushuklarning insonlar bilan qanchalik uyg‘un hayot kechirayotganiga guvoh bo‘lasiz
5 daqiqa o‘qish79 658 ko‘rishlar0 izoh0
Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Pandemiya sharoitida turizm” loyihasi doirasida Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik jurnalist hamda blogerlarning diqqat e’tibori shak-shubhasiz ushbu mamlakatda emin erkin yurgan jonivorlarga ham qaratildi. Turkiyada ko‘cha hayvonlari haqiqatda ham ko‘p. Deyarli har qadamda it va mushuklarni uchratishingiz mumkin. Ayniqsa provinsiyalarda ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Ushbu mamlakatda it va mushuklarni juda sevib, alohida mehr bilan munosabatda bo‘lishlarini bir qarashdayoq anglash qiyin emas.
O‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga kelib erkalana boshladi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Turkiyada hech bo‘lmasa bir marta bo‘lganlar bilishadiki, itlarning qulog‘ida chip shaklidagi maxsus nishonlar borligini payqash qiyin emas. Bu it tibbiy ko‘rik, sterilizatsiya hamda vaksinatsiyalardan o‘tganligini anglatadi.
Davlat it va mushuklar haqida haqiqatda ham qayg‘uradi, o‘tgan ketganlar ham qo‘rqmasdan ularni silashi mumkin. Odatda ular shunchaki o‘zlariga ma’qul hududlarda aylanib, daraxt yoki binolar soyasida uxlashadi. Odamlar yaqiniga kelib muloyim munosabatda bo‘lishadi. Shaharlarning deyarli barcha burchaklarida it va mushuklar uchun ozuqa hamda suv idishlarini uchratasiz. Ulardagi ozuqalar doimiy ravishda mahalliy aholi hamda hududlarning maxsus mas’ul tashkilotlari tomonidan yangilab boriladi. Itlardan farqli ravishda mushuklarni bu yerda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib sterilizatsiya qilishga hojat yo‘q, deb bilishadi. Mushuklar iloji boricha turli tamaddixonalar yaqinida yurib, odamlarning boqishlarini kutishadi.
Istanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Turkiyada, shuningdek, bo‘shagan plastik idishlar evaziga ko‘cha jonivorlarini boquvchi maxsus apparatlar ham bor. Bu bilan hukumat “bir o‘q bilan ikki quyonni uradi”, ya’ni ham hududlar ifloslanishini kamaytiradi, ham hayvonlar och qolmasligi ta’minlanadi.
Istirohat bog‘lari, jamoatchilik joylarida mushuklar uchun maxsus uychalar ham mavjud, ularda asosan mushuklarning bolalari yashaydi, ammo katta mushuklar ham mazza qilib vaqtichog‘lik qilishiga guvoh bo‘lish mumkin.
Turkiyada, shuningdek, xo‘jayinlari tomonidan tashlab ketilgan uy hayvonlari uchun reabilitatsiya markazlari ham faoliyat yuritadi. Ularning ba’zilarida mushuk va itlar klassik musiqalar yordamida davolaniladi.
“Taqsim” maydonida odamlarning yonida yotgan it.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstanbulning Do‘lmabaxche saroyi yaqinidagi tamaddixonada yurgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstiqlol ko‘chasida ko‘cha yegulik sotuvchilaridan ovqat kutayotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstiqlol ko‘chasida ko‘cha yegulik sotuvchilaridan ovqat kutayotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanSulton Ahmad masjidi yaqinida oftobdan bahra olayotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanSulton Ahmad masjidi yaqinida o‘ziga yegulik tutib olgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMushuk o‘ljasini paqqos tushirish uchun joy qidirmoqda.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAyo Sofiya ibodatxonasi yaqinidagi do‘kon yonida o‘tirgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanSulton Ahmad maydonida odamlar ketidan ergashib ketayotgan it.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirish yo’lagida turgan it.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirib ketayotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalari hududida sayr qilib yurgan it.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalarida odamlar yoniga kelgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan va panada o‘tirgan mushuklar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuklar.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanBir-biri bilan oyna ortidan “suhbatlashayotgan” mushuklar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanOdamlar qoldirib ketgan yegulikni oyna ortidan yeyishga urinayotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan it.Foto: “Daryo” / Madina Nurman“Kaleichi” bandargohida uysiz mushuklar uchun tashkil qilingan uychalar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanBandargoh hududidagi joy uchun “kurash”.Foto: “Daryo” / Madina NurmanO‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga keldi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanO‘rtayer dengizi bo‘yida yotgan it.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan itlar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning “Kaleichi” bandargohida turgan maxsus belgi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Yo‘llarda, transport vositalari o‘tadigan hududlarda mana bunday shakldagi belgilar bo‘lib, ular mushuklarning to‘satdan paydo bo‘lib qolishi mumkinligidan ogohlantiradi. Bu haydovchilarning xushyorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu g‘oya Yalova shahri provinsiyasi mahalliy o‘z-o‘zini idora qilish organlari hamda transport xizmati nazorati idoralarining tashabbusi bo‘lgan.
Antaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi yonida yotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi turgan o‘rindiq ostida yotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliya arxeologiya muzeyidan chiqib kelayotgan mushuk.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning “Dyuden” sharsharasi hududi yaqinida yurgan mushuklar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it.Foto: “Daryo” / Madina Nurman“Taqsim” maydonida odamlar qo‘lidan yemak yeyayotgan it.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMavzuga doir: