Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi birinchilar qatorida 2020-yil yozidan amalga kiritilgan “Sog‘lom turizm sertifikati” dasturini ishlab chiqib ishga tushirgan. Ushbu dastur sayyohlar xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda
12 daqiqa o‘qish44 038 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Avval xabar berganimizdek, “Pandemiya sharoitida turizm” loyihasini tashkil qilgan Turkiya madaniyat va turizm vazirligi o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar qatorida “Daryo” muxbirini ham Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga taklif etgan edi.
Safar dasturining ilk kunida guruh turizm sohasi eng taraqqiy etgan hududlaridan biri Istanbulning shahar markazidan shimoli-g‘arbgacha 35 kilometr uzoqlikdagi yangi aeroportiga kelib qo‘ndi. Ayni vaqtda u yiliga 90 million yo‘lovchini qabul qiladi. Yaqin 10 yilda ushbu ko‘rsatkichni 200 millionga chiqarish rejalashtirilmoqda. Aeroportda bitta ulkan terminal mahalliy va xalqaro aviaqatnovlarni qabul qiluvchi hududlarga ajratilgan. Unda 5 ta pirs-bloklar va 114 ta (Otaturk aeroportida 41 ta) geyt mavjud. A, B, D va F xalqaro, G mahalliy aviaqatnovlar uchun mo‘ljallangan.
Asosiy terminaldagi Duty Free hududining umumiy o‘lchami 55 ming kvadrat metr. Ulardan 34 ming kvadrat metri klassik mahsulotlarga ega mavzuli hududlar, 18 ming kvadrati lyuks toifadagi brend do‘konlar, 3 ming kvadrati esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan iborat bozorni tashkil qiladi. Yana 32 ming kvadrat metri qahvaxona hamda restoranlarga berilgan. 3 yarim ming xavfsizlik xizmati xodimlari va 9 ming dona videokamera xavfsizlikka javob beradi. Aviaxavfsizlik nazorati standart.
Istanbuldagi yangi yoki uchinchi aeroport kirish qismi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstanbuldagi yangi aeroportda tozalik ishlari muntazam olib boriladi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Aviaxavfsizlik hududida chipta taloni, elektron vositalar, noutbuk yoki planshetlar chiqarib maxus idishlarga solib nazoratdan o‘tkaziladi. Har bir yo‘lovchidan keyin buyumlar solingan idishlar dezinfeksiya qilinadi. Aeroportda ijtimoiy masofa saqlash, dezinfeksiya qilish, pandemiya qoidalariga rioya qilish haqida eslatmalar mavjud. Bu kabi e’lonlar karnaylar orqali ham bir necha marta qaytariladi.
Istanbuldagi yangi aeroportning mahalliy reyslar amalga oshiriluvchi qismi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstanbuldagi yangi aeroportda yo‘lovchilar xavfsizligi, ijtimoiy masofani saqlash va tartib uchun maxsus tasmalar tortib qo‘yilgan.Foto: “Daryo” / Madina NurmanRo‘yxatga olish hududi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanHar bir foydalanuvchi qurilmalar oldida qo‘lni dezinfeksiyalovchi uskunalar o‘rnatilgan.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Sayyohlar uchun sug‘urta paketlari ishlab chiqilgan. COVID-19 testini o‘z ichiga olgan tibbiy sug‘urta paketi tashkil etilgan. Unga ko‘ra, shartnoma bilan aeroportlardan olingan aviachiptalar, turli savdo joylari, tur operatorlar va onlayn kanallar orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan 15, 19 va 23 yevrolik sug‘urta paketlari doirasida 3 ming, 5 ming va 7 ming yevrogacha barcha tibbiy xarajatlar qoplanadi. Aeroportda, samolyotda, jamoat joylarida niqobni talablarga muvofiq taqmaganlarni mas’ul xodimlar kelib ogohlantirib ketish holatlarini har qadamda uchratasiz.
Aeroportning deyarli har bir burchagida karantin qoidalarini yodga soluvchi eslatmalar mavjud.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAeroportda niqob va antiseptik vositalarni xavfsiz xarid qilish uchun apparatlar o‘rnatilgan.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Pandemiya sharoitida sayyohlar xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘ta dolzarb vazifa ekanligini aynan aeoport ostonasidan anglab olish oson. Turkiyaning Madaniyat va turizm vazirligi 2020-yil yozidan amalga kiritilgan “Sog‘lom turizm sertifikati” dasturini ishlab chiqib ishga tushirgan. Madaniyat va turizm vazirligi boshchiligida, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirligi ishtirokida hamda turizm sanoatining barcha asosiy ishtirokchilari bilan yaqin hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Sog‘lom turizmni sertifikatlash” dasturi turizm sohasidagi tashkilotlar tomonidan, turistik sektor mehmonlari va xodimlarining salomatligi, ularni tashish, joylashtirish borasidagi tatbiq qilinishi shart bo‘lgan, keng ko‘lamdagi tadbirlar ustidan oliy darajadagi nazoratni amalga oshiradi. Xalqaro sertifikatlash idoralari tomonidan beriladigan ushbu sertifikat aviakompaniyalar, aeroportlar va boshqa transport obyektlari, turar joy sektori, hamda jamoat ovqatlanish tashkilotlarida Sog‘liqni saqlash, mehnat gigiyenasi bo‘yicha yuqori talablarning bajarilishini hujjatlashtirilgan tarzda tasdiqlaydi.
Aeroport ichki qismi toza havo bilan muntazam ta’minlab turilishini bildiruvchi ekran yozuvlari.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Mehmonlarning Turkiyada ta’tilni xotirjamlikda o‘tkazishini ta’minlovchi “Xavfsiz turizm sertifikati” dasturiga oid barcha ma’lumotlar to‘g‘risida tga.gov.tr saytida o‘qish mumkin.
Ijtimoiy masofa saqlash lozimligini yodga soluvchi belgilar.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Quyida “Daryo” muxbirining pandemiya sharoitida hayot kechirayotgan Istanbul va Antaliya shaharlaridan tayyorlagan fotolavhalarini tomosha qilishingiz mumkin.
Istanbul shahri ko‘chalari
Istanbulda tong otmoqda.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanMahalliy taksi haydovchisi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanDo‘konlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi ta’minlanadi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMahalliy afishalar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanYangi yil nafasini hozirdanoq ko‘chalarda sezish mumkin.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanJamoat tartibini saqlash xodimlari.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstanbulning deyarli barcha ko‘chalarida mamlakat bayrog‘ini ko‘rish mumkin.Foto: “Daryo” / Madina NurmanBank xodimlari avtomobili.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMahalliy mehmonxonalar ham pandemiya sharoitiga moslashib xavfsizlik sertifikatini olishgan.Foto: “Daryo” / Madina NurmanShahar ko‘chalarida harakatlanib ketayotgan tramvay.Foto: “Daryo” / Madina NurmanYo‘l ko‘rsatkichlari.Foto: “Daryo” / Madina NurmanJamoat transportlari.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMahalliy do‘konlarda savdo avjida.Foto: “Daryo” / Madina NurmanSayyohlar oqimi sezilarli darajada kamaygan bo‘lsada, ko‘chalarda chet ellik mehmonlarni tez-tez uchratish tabiiy hol.Foto: “Daryo” / Madina NurmanErtalab ko‘chalar, ayniqsa, gavjum.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMahalliy tramvaylardan yana biri.Foto: “Daryo” / Madina NurmanTurkiyada 3 mingdan ortiq masjid bor.Foto: “Daryo” / Madina NurmanSimit deyarli har bir ko‘chada sotiladi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanChag‘alaklar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanGalata ko‘prigi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanBu yerda mushuk va itlarni har qadamda ko‘rish mumkin. Ular odamlar bilan uyg‘unlikda hayot kechirishadi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanSulton Ahmad masjidi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIstanbul shahri hokimligi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanTungi Bosfor manzarasi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanTungi Bosfor manzarasi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanTungi Bosfor manzarasi. Galata ko‘prigidagi baliqchilar.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina Nurman
Grand bozor
Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina Nurman“Sog‘lom turizm sertifikati”ga ega mehmonxona.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Antaliya shahri
Antaliya O‘rtayer dengizi sohillarida joylashgan eng mashhur kurort shaharlardan hisoblanadi. Mamlakat janubidagi ushbu shahar tarixda Pamfiliya deb nomlangan. To‘rt tomoni Tavr tog‘lari bilan qurshalgan hududni bir vaqtlar Mustafo Kamol Otaturk “Turk sohillarining go‘zal shahri”, deb atagan. Jannatmakon hudud tabiat va mehnatkash odamlar qo‘li bilan bunyod etilgan. Ekzotik bog‘lari, dengiz bo‘yidagi so‘lim go‘shalari va palmalar alleyalaridan bahra olish mumkin.
Iqlimi iliq, barqaror bo‘lgani sababli yil bo‘yi sayyohlar uchun maqbul maskan hisoblanadi. Rimliklar va saljuqiylar tomonidan bunyod qilingan eski shahar qadim qurilish namunalari, minora va masjidlar, sershovqin savdo kvartallaridan iborat bo‘lgani sababli haqiqiy sharq nafasi kelib turadi.
Antaliyadagi aksariyat ko‘p qavatli uylarning tomida quyosh batareyalarini ko‘rish mumkin.Foto: “Daryo” / Madina NurmanUylarning deyarli hammasida balkonlar bor.Foto: “Daryo” / Madina NurmanKoronavirusga test topshirish mumkin bo‘lgan shifoxona reklamasi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyada qish faslini deyarli his etishmaydi. Shu sababli iqlim sharoiti palmalar ekishga imkon beradi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Antaliyaning eng mashhur mevasi va ramzlaridan biri po‘rtaxol deyarli barcha ko‘chalarida ekilgan.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliya aholisining asosiy daromadi turizmdan keyin savdo-sotiq sanaladi. Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidorlar eng eksportbop mahsulotdir.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanYomg‘irli Antaliya.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanRespublika maydonida Mustafo Kamol Otaturkka atab qo‘yilgan haykal.Foto: “Daryo” / Madina NurmanYunonlar tomonidan qurilgan eski shahar asl holida saqlangan.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina Nurman
“Kaleichi” eski bandargohi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanO‘rtayer dengizidan baliq tutayotgan odam.Foto: “Daryo” / Madina Nurman“Kaleichi” eski bandargohi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanMehmonxonalarda liftlardan foydalanishdan avval qo‘lni dezinfeksiya qiluvchi apparatda tozalab olish talab etiladi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanLift ichidagi eslatma.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAvtobusdagi karantin talablarini eslatuvchi qo‘llanma.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAvtobus ichidagi qo‘lni dezinfeksiyalovchi vosita.Foto: “Daryo” / Madina NurmanArxeologiya muzeyidagi ijtimoiy masofa saqlashni eslatuvchi yozuv.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanDyuden sharsharasi joylashgan hududda aholi va sayyohlar dam olishi uchun yam-yashil, toza hudud mavjud.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Safar oxirida jurnalistlar Antaliyadagi Dyuden sharsharasiga olib kelindi. Ma’lumotga ko‘ra sharshara bosimi Antaliyadan 30 kilometr masofada bo‘lgan Dyuden daryosi irmog‘idan boshlanadi. Shaharda asli ikkita sharshara bo‘lib, Yuqori Dyuden va Quyi Dyuden deb nomlangan. Yuqori Dyuden Antaliya markazidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan. Quyi Dyuden esa shahardan 8 kilometr uzoqlikda O‘rtayer dengizi sohilida qad rostlagan. Quyida ana shu dengiz sohilidagi sharsharani ko‘rishingiz mumkin.
Dyuden sharsharasi O‘rtayer dengizi sohilidan o‘rin olgan.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanO‘rtayer dengizi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanDyuden sharsharasi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanDyuden sharsharasi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanO‘rtayer dengizi uzra samolyot uchmoqda.Foto: “Daryo” / Madina NurmanO‘rtayer dengizi sohillaridagi Dyuden sharsharasini tomosha qilishga kelgan sayyohlar to‘tiqushlarni ham ko‘rib ketishi mumkin.Foto: “Daryo” / Madina NurmanFoto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliya mahalliy qatnovlar aeroportida ham pandemiya qonun-qoidalarini eslatuvchi yozuvlar mavjud.Foto: “Daryo” / Madina NurmanIjtimoiy masofani ta’minlash uchun o‘rindiqlarning ayrimlari bo‘sh qoldirilishi lozimligi qayd etilgan.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyada kun botishi.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliyaning samolyotdan olingan surati.Foto: “Daryo” / Madina NurmanAntaliya tog‘larining samolyotdan olingan surati.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30-noyabr kuni koronavirus tarqalishiga qarshi cheklov choralari kuchaytirilishini ma’lum qilgan, unga ko‘ra, ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab amalda bo‘ladigan komendantlik soati kirgan. Dam olish kunlari — juma kuni soat 21:00 dan, dushanba kuni ertalab soat 05:00 gacha odamlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.
Bungacha Turkiyada faqat dam olish kunlari komendantlik soati mavjud edi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17-noyabr kuni COVID-19 pandemiyasi sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir: