Daryo

Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ikkita komponentining maksimal narxi ma’lum qilindi

Pfizer va BioNTech vaksinasining ikkala komponenti 39 dollar etib belgilangan edi

1 daqiqa o‘qish72 306 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Rossiyada “Sputnik V” vaksinasining maksimal narxi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vaksinaning ikki komponenti maksimal narxi 1942 rublni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsovga tayanib, “Interfaks” ma’lum qildi.

Foto: EPA

Unga ko‘ra, 5 ta ikki komponentli to‘plamning narxi 9710 rubl miqdorida ro‘yxatdan o‘tgan. Kuznetsovning ta’kidlashicha, Rossiya fuqarolarini emlash bepul va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqilgan va “Sputnik V” deb nomlangan birinchi rus vaksinasi 11-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirda u Moskvada sinov bosqichini o‘tkazmoqda, unda 40 ming kishi ishtirok etadi. Guruhning yarmi allaqachon emlangan.

Bunga parallel ravishda vaksina bilan xavf guruhlarini – shifokorlar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilarni emlash boshlangan. Shuningdek, armiyada emlash boshlandi. Mavzuga doir: Avvalroq AQShning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19’ga qarshi vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu vaksinaning dozasi AQSh uchun 19,5 dollarni tashkil etadi (ikkala komponentning qabul qilinishi 39 dollarga tushadi), boshqa bir Amerika kompaniyasi Moderna vaksinasining bir dozasi narxi esa 25-37 dollarni tashkil qiladi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar