Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6109-sonli Farmoni hamda mazkur farmonga muvofiq tashkil etilgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Ishchi guruhning 2020-yil 16-noyabrdagi 1-son (01-05/1-2496-son 2020-yil 18-noyabr) yig‘ilish bayoniga muvofiq Toshkent shahrining Sergeli tumanida Rayhon ko‘chasida joylashgan umumiy maydoni 71,64 ga hududda “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi hududida sanoat, savdo, transport-logistika, xizmat ko‘rsatish va yordamchi binolardan iborat majmuasini loyihalashtirish, qurish va sotuvini tashkillashtirish ishlarini bajarishga salohiyatli tadbirkorlarni tanlab olishga eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tanlov e’lon qiladi.

Talabgorlar tanlovda qatnashish bo‘yicha o‘z takliflarini yopiq konvertda muhrlangan holda ikki nusxada “Sergeli Industrial parki” kichik sanoat zonasi direksiyasi nomiga Toshkent shahri, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 16-uy (Poytaxt biznes markazi binosi) manzili bo‘yicha taqdim etilishi lozim.

Tanlovda qatnashish uchun takliflar 2020-yilning 19-dekabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun:

Telefon: +998 97 738 83 86 (mas’ul: Abdushukurov Anvar, “Sergeli Industrial park” direksiyasi xodimi).

E-mail: sip@tashkent.uz

Tanlov shartlari va qurilish hududi kartasi ilova qilinadi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi