Daryo

O‘zbekistonda mobil telefonlar importi ikki barobarga oshdi

1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga qiymati 64,6 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 781,7 ming dona mobil telefonlari import qilingan

1 daqiqa o‘qish33 960 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LKCentrs

2020-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga qiymati 64,6 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 781,7 ming dona mobil telefonlari import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: LKCentrs
O‘zbekiston 19 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan bo‘lib, ular orasidagi yetakchilar:
  • Xitoy – 556,6 ming dona;
  • Vyetnam – 143,4 ming dona;
  • Hindiston – 36,7 ming dona;
  • BAA – 23,9 ming dona;
  • Rossiya – 11,3 ming dona.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda mamlakatga 235 ming dona qiymati 31,7 milliard so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan. Avvalroq telekom-bozor ekspertlari uyali aloqa telefonlarining eksportini oshishiga 2019-yilning oxirida joriy etilgan IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilingandi. Chunki bozorning o‘zi bu qadar jadal o‘smayapti. Ushbu taxmin Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil bahorda e’lon qilgan bayonotiga mos keladi, unda IMEI kontrabandaning cheklanishiga imkon berishi qayd etilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar