Daryo

Moderna qanday qilib koronavirusga qarshi vaksinani 2 kun ichida yaratdi?

Moderna’ga vaksinani yaratish uchun faqatgina koronavirusning genetik ketma-ketligi kerak bo‘lgan, xolos

2 daqiqa o‘qish59 966 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasini ikki kun ichida yaratgan, deb xabar beradi Inc.

Foto: Reuters

Spot’ning yozishicha, hozirda Moderna vaksinasi 94,5 foiz holatda samaradorlik ko‘rsatmoqda, Yevropa komissiyasi esa o‘z mamlakatlariga uni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni ma’qullagan. Kompaniyadagilarning aytishicha, vaksina yanvar oyida ikki kun ichida, butun dunyo koronavirus haqida endi xabar topayotgan vaqtda yaratilgan.

“Bu Moderna’ga asos solingan vaqtda e’tibor qaratilgan RNK (mRNKA) texnologiyasi sharofati bilan amalga oshirildi. Messenger RNA — bu hujayralarga oqsilni qanday ishlab chiqarish haqida xabar beradigan genetik material. Hosil bo‘lgan oqsil koronavirusning hujayralarga birikishiga yordam beradi, antitana esa virusni nishonga oladi va zararsizlantiradi. Moderna vaksinasi organizm o‘simtali oqsilni ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi — bu esa o‘z navbatida immun javobini hosil qiladi”, — deyiladi xabarda.

Pfizer vaksinasi ham ushbu model asosida ishlaydi. Ushbu texnologiyadan foydalanilgani sabab Pfizer va Moderna’ga vaksinani yaratish uchun faqatgina koronavirusning genetik ketma-ketligi kerak bo‘lgan, xolos — tirik viruslarni laboratoriyalarda yetishtirish zarurati bo‘lmagan.

Bu ular qanday qilib o‘z vaksinalarini rekord darajada tez muddatda yaratganiga izoh bo‘la oladi. Odatda vaksinani yaratish klinik sinovlarsiz bir necha yil talab etadi. Mavzuga doir:  Avvalroq AQShning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19‘ga qarshi vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu vaksinaning dozasi AQSh uchun 19,5 dollarni tashkil etadi (ikkala komponentning qabul qilinishi 39 dollarga tushadi), boshqa bir Amerika kompaniyasi Moderna vaksinasining bir dozasi narxi esa 25-37 dollarni tashkil qiladi.

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi samaradorligi 95 foizdan oshgani ma’lum qilingan. Uning ikkita dozasi narxi xalqaro bozor uchun, taxminan, 20 dollarni tashkil qiladi, rossiyaliklar uchun vaksina bepul bo‘ladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar