Daryo

Yeymiz va semirmaymiz: Ozishni istaganlar ratsioniga kiritishi mumkin bo‘lgan past kaloriyali shirinliklar

Sabziga yogurt qo‘shib tayyorlanadigan pirog nonushta uchun ayni muddao

1 daqiqa o‘qish39 739 ko‘rishlar0 izoh0

Shirinlikdan voz kecha olmaydigan, ammo vazn to‘plashni istamaydiganlar uchun retseptlar bilan bo‘lishamiz.

Sabzili pirog

Foto: In Form35.ru

Sabziga yogurt qo‘shib tayyorlanadigan pirog nonushta uchun ayni muddao. Uni tayyorlash uchun sabzini qirg‘ichdan chiqaring. Idishga tuxum chaqing, bir chimdim tuz va shakar qo‘shing.

Foto: In Form35.ru

Vanilin, un va bodom uni hamda “razrixlitel” qo‘shing. Aralashmaga sabzi soling. 45 daqiqa davomida 170 daraja qizigan pechda pishiring.

Yengil hazm bo‘ladigan pirog

Foto: In Form35.ru

Ushbu pirog oson tayyorlanadi. Buning uchun 125 gramm yogurt, tuxum, yog‘ va kraxmal kerak bo‘ladi. Tayyorlash uchun suyuq mahsulotlar: yogurt, tuxum, yog‘ni qo‘shib, sanchqi bilan aralashtiring. Keyin esa shakar, kraxmal, “razrixlitel” va qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘stlog‘ini qo‘shing. Maxsus idishga solib, 45 daqiqa davomida 170 daraja qizigan pechda pishirib oling. Dasturxonga tortishdan avval shakar kukuni bilan bezang.

No‘xat unidan tayyorlanadigan pechenye

Foto: In Form35.ru

Ushbu shirinlik yong‘oq va kokos uniga jigarrang shakar, yog‘, limon hamda dolchin qo‘shib tayyorlanadi. Ushbu glyutensiz shirinlik veganlar hamda seliakiya (glyutinni ko‘tara olmaslik) bilan kasallanganlar uchun ham ayni muddao hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun no‘xat unini qizigan tovada qovurib olish kerak. Jigarrang shakar, funduk, qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘stlog‘i hamda dolchinni qo‘shib, blenderda aralashtiring.

Aralashmaga suv, kokos uni va yog‘ qo‘shing. Xamirni o‘qlov bilan yoyib, turli shaklda pechenyelarni kesib oling. Qandolat qog‘ozi solingan patnis ustiga terib, 10 daqiqa davomida 180 daraja qizigan pechda pishirib oling. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar