Tvorogni nafaqat o‘zini iste’mol qilish, balki undan nonushta, tushlik va kechki ovqatga mazali taom tayyorlash ham mumkin.
Tvorogga ko‘katlar qo‘shib, pomidorli buterbrod tayyorlang

Nonushtaga shunchaki tvorogning quruq o‘zini iste’mol qilmang, qizdirilgan non yoki kreker ustiga tvorogga murabbo yoki asal qo‘shib surting. Yo bo‘lmasa tvorogga ko‘katlar qo‘shib bir bo‘lak non ustiga sousga o‘xshab surtib, uning ustidan pomidor yoki bodring qo‘yib buterbrod tayyorlang.
Tvorog va sabzavotlardan tushlikka zapekanka tayyorlang

Maxsus idishga yog‘ surting. Muzlatkichda bor sabzavotlarni to‘g‘ralganini terib chiqing va ustidan tvorog soling. Pishloqni qirg‘ichdan chiqarilgani va ko‘katlar bilan bezab, pechda pishirib oling.
Tvorogli xamirdan pirojki pishiring

Pirojki xamirini tvorog qo‘shib tayyorlang. Nachinkasiga karamni nomiga qovurib oling va qaynatilgan tuxumni maydalab to‘g‘rab qo‘shing. Guruch yoki pyureli nachinka tayyorlashingiz ham mumkin.
Chizkeyk tayyorlang.

Chizkeykni qimmat pishloq emas, oddiy tvorogdan ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 500 gr pechenyeni maydalang, ustidan sariyog‘ solib, tekislab oling. Alohida idishda tuxum, tvorog, smetana va vanilin solib aralashtiring. Qolipdagi pechenye ustiga quyib 170 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling. Ustini turli mevalar bilan bezashingiz mumkin.
Tvorogdan apelsin sousli kneli tayyorlang

- Har kuni tvorog iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
- Yeymiz va semirmaymiz: Ozishni istaganlar ratsioniga kiritishi mumkin bo‘lgan past kaloriyali shirinliklar
- Kalsiyga tvorogdan ham boyroq bo‘lgan 5 mahsulot
- Uy sharoitida qanday qilib yogurt tayyorlash mumkin? Bu juda oson
- Nonushtaga mayiz va tvorogli keks tayyorlab ko‘ring








