Odamning umumiy ko‘rish maydoni 180, boyqush esa 270 darajaga boshini bura oladi. Ammo panoramali suratlarning imkoniyati yanada kengroq, ular 360 darajani o‘z ichiga oladi. Har yili o‘tkaziladigan Epson International Pano Awards tanlovi g‘oliblari ham ana shunday go‘zallikni suratga olishga erishgan ijodkorlardir. “Moya planeta” ularning ichida g‘oliblikka loyiq ko‘rilganlarini taqdim etadi.
Foto: Epson International Pano Awards
Liviya hududida sayohatchilarga saroylar va masjidlari bo‘lgan shaharni eslatib turuvchi tepalik.
Foto: Epson International Pano Awards
Leptis Magna − zamonaviy Liviya hududidagi qadimiy shahar. Uning joylashuvidan kelib chiqib “Rimdagi Afrika” den nomlashgan.
Foto: Epson International Pano Awards
Yaponiyaning shimolidagi Makomanay-Takino qabristonidagi Budda haykali.
Foto: Epson International Pano Awards
Geotermik energiya Islandiyaning aksariyat uylarini issiqlik bilan ta’minlaydi. “Ajdahoning ko‘zi” deb nomlangan ushbu suratda shu kabi hovuzlarning biri ko‘rsatilgan.
Foto: Epson International Pano Awards
Murmansk suratkashi Vitaliy Novikov 2020-yilning yanvar oyida bo‘ron tufayli Teriberka qirg‘og‘i chetidagi kema tasvirini muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.
Foto: Epson International Pano Awards
Norvegiyadagi 50 mingga yaqin orollardan biri.
Foto: Epson International Pano Awards
Sloveniyadagi yagona tabiiy orol Bled ko‘lining o‘rtasida joylashgan.
Foto: Epson International Pano Awards
Ontaro (Kanada) san’at galereyasi nafaqat muzey, balki me’moriy yodgorlik sifatida ham qiziqarli.
Foto: Epson International Pano Awards
Ushbu tog‘ tizmasi Italiyada joylashgan bo‘lib, 2009-yildan buyon YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Foto: Epson International Pano Awards
Myanmada ishlab chiqariladigan qimmatbaho lotos poyasi matolari.
Foto: Epson International Pano Awards
Ajoyib me’morchilik namunalari aks etgan Milan majmuasi.
Foto: Epson International Pano Awards
Chivita-di-Banorejo qishlog‘i vulqon ustidagi chiroyli tog‘da joylashgan. Aholining aksariyati hozirda tekisliklarga ko‘chib ketgan.
Foto: Epson International Pano Awards
Yaponiyaga buddizm kirib kelishi bilan birinchilardan bo‘lib rivojlangan tibbiy Budda haykali.
Foto: Epson International Pano Awards
Shamol va yog‘ingarchilik tufayli vayron bo‘lgan tog‘larning g‘alati ko‘rinishiga ega bo‘lgan yodgorliklar vodiysi.
Foto: Epson International Pano Awards
“Bahorni kutish” surati tanlovning eng yaxshi mukofotiga sazovor bo‘ldi.