Daryo

AQShdan 16 nafar o‘qituvchi va professor O‘zbekistonga keladi

Amerikalik mutaxassis tomonidan olib boriladigan darslar o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rganishda oddiy va samarali til o‘rganish usullaridan foydalanishda yordam beradi

1 daqiqa o‘qish28 864 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekistonga AQShdan 16 nafar ingliz tili o‘qituvchisi hamda mamlakatning yetakchi universitetlari professorlari kelishi kutilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati xabar qilgan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligida Sherzod Shermatov hamda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Unda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida Amerikaning madaniyat bo‘yicha attashesi maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili darslarini o‘qitishni boshlagani, bu kabi amaliyotlar o‘quvchilar chet ellik mutaxassislardan ingliz tilini o‘rganish yo‘lida imkoniyat ekanligi qayd etilgan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

“Amerikalik mutaxassis tomonidan olib boriladigan darslar o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rganishda oddiy va samarali til o‘rganish usullaridan foydalanishda yordam beradi. Yaqin oylarda AQShdan yana 16 nafar ingliz tili o‘qituvchisi hamda AQShning yetakchi universitetlarining professorlari (PhD) kelishi va xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Xalq ta’limi vazirligi Amerika Kengashlari bilan birgalikda Qarshi shahridagi “Barkamol avlod” bolalar markazida “Amerikaga darcha” (American window) kutubxonasini birgalikda ochish masalasi ustida ish olib borayotganligini ma’lum qildi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

“Amerikaga darcha” bolalar, yoshlar, o‘qituvchi va boshqalar uchun axborot-resurs markazi bo‘lib, ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha yuqori sifatli materiallar bilan tanishish, STEM va robototexnika kurslari, suhbat klublari va shu kabi boshqa yo‘nalishlar bilan tanishish imkonini beradi. Qarshi shahrida joylashadigan ushbu markaz Markaziy Osiyodagi eng yirik markaz bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar AQShning yetakchi universitetlarida maktab o‘quvchilari va yoshlarni o‘qitish bo‘yicha mavjud hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar