Kalsiy inson organizmi uchun eng muhim elementlardan hisoblanadi. Uning yetishmasligi oqibatida suyaklar chiqishi, sinishi, tish mo‘rtlashishi  kuzatilishi mumkin.

Foto: Freepik

Bodom

Bodom, boshqa yong‘oqlarga qaraganda eng ko‘p miqdordagi kalsiyni o‘z ichiga oladi. 100 gr bodomda kunlik me’yorning 30 foizi, ya’ni 266 mg kalsiy bo‘ladi. Bundan tashqari ushbu mahsulot foydali yog‘lar, oqsil va E vitamini hamda kletchatkalarning ham koni. Tarkibidagi magniy sabab bodom iste’mol qilgandan keyin qon bosimi tushadi.

Kunjut

Kunjut kalsiyga bodomdan ham boyroq hisoblanadi. Uni kundalik iste’mol qilish organizmdagi kalsiy yetishmovchiligini qoplab, ichaklarni sog‘lomlashtiradi hamda gormonlar miqdorini nazorat qiladi. 1 osh qoshiq kunjutda 11 mg rux bo‘ladi.

Donli mahsulotlar

Donli mahsulotlarning barchasi ayniqsa oq loviya va yasmiq (chechevitsa) oqsil, kalsiy va kletchatka hamda mikroelementlarning manbayi. Bundan tashqari donli mahsulotlar qondagi “yomon” xolesterinni kamaytirib, qandli diabetga chalinish xavfini oldini oladi.

Yashil sabzavot va ko‘katlar

Karam, ko‘katlarning 25 grammida kunlik kalsiy me’yorining 35 foizi bo‘ladi. Biroq oksalatlar kalsiyni organizmga singishiga qarshilik qiladi. Karam, shivit va petrushka esa oksalati kam bo‘lgan mahsulotlar sanaladi.

Quritilgan anjir

Boshqa quritilgan mahsulotlarga nisbatan anjirda kalsiy ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek, kletchatka va antioksidantlar, kaliy hamda K vitaminini ham o‘z ichiga oladi. 100 gramm quritilgan anjirda kunlik iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan kalsiy me’yorining 16 foizi bo‘ladi.