Daryo

“Gulnora Karimova o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gaplar asossiz” — IIV

12-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli og‘irlashgani haqida tarqalgan xabarlar qanchalik haqiqatga mosligi haqida savol bilan mutasaddilarga murojaat qildi

1 daqiqa o‘qish110 474 ko‘rishlar0 izoh0
Gulnora Karimova. Foto: Pinterest / RealGoogoosha

Davomi: “Ayolmi, erkakmi, jinoyat qilsa, teng javob berishi kerak”. Tanzila Norboyeva Gulnora Karimovaning qamoqda o‘tirganiga “ayol sifatida” munosabat bildirdi

Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida so‘nggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda 12-noyabr kuni O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva ma’lum qildi.
Gulnora Karimova.Foto: Pinterest / RealGoogoosha

Oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda belgilangan jazo muddatini Zangiotadagi koloniyada o‘tayotgan Gulnora Karimovaning salomatligi yomonlashgani, u o‘pka yallig‘lanishi tashxisi bilan sanitariya qismiga yotqizilgani, u koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda, jumladan, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova tomonidan yuritilishi taxmin qilinadigan Instagram’dagi @iman.k17 akkauntida ham xabar qoldirilgan.

Polkovnik Umida Abdullayeva.Foto: Madina Nurman / “Daryo”

12-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mutasaddilar Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli og‘irlashgani yoki o‘z joniga qasd qilgani haqida tarqalgan xabarlar qanchalik haqiqatga mosligi haqida savolga javob berdi. Xususan, Senat raisi Tanzila Norboyeva bu gaplarni “mish-mishlar” deb atadi.

“Bularning bari, aytganingizdek, mish-mishlar, asoslanmagan faktlar”, — dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva jurnalistga javoban. “O‘z joniga qasd qildi degan yoki boshqa noxush holat haqidagi gaplar asossiz. Gulnora Karimova sud tomonidan belgilangan jazo muddatini o‘tamoqda”, — deya qo‘shimcha qildi IIV polkovnigi Umida Abdullayeva.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar