Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainada bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni 9,5 ming kishidan oshsa, qat’iy cheklovlar joriy qilinadi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy mamlakat diniy yetakchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “President.gov.ua”

Foto: “President.gov.ua”

“Bir kecha-kunduzda 9,5 mingdan ko‘proq kasallanganlar bo‘lsa, qat’iy karantin joriy qilishga majbur bo‘lamiz. Biroq unda mamlakatimiz iqtisodiyoti to‘xtab qoladi va hammaga juda qiyin bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari.

Zelenskiy aniqlik kiritishicha, 9,5 ming ko‘rsatkichi Ukraina sog‘liqni saqlash tizimi uchun mushkul vaziyatdir, chunki davlat doimiy ravishda koykalar sonini oshira olmaydi va barcha tibbiyot muassasalarini COVID-19 bemorlarini qabul qilishga moslashtira olmaydi.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda ba’zi hududlarda kasalxonalar allaqachon 70 foizgacha band bo‘lgan, qator aholi punktlaridagi klinikalarda esa bo‘sh joylar qolmagan.

Zelenskiy Ukrainada ayni paytda bir kecha-kunduzda 5-6 ming kishida kasallik aniqlanayotgani va ushbu ko‘rsatkich o‘sishiga moyillik borligini aytdi. U din vakillarini diniy tadbirlarni fuqarolarning ommaviy to‘planishiga yo‘l qo‘ymagan holda, masalan, ibodatlarni onlayn-rejimga o‘tkazgan holda olib borishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 17-oktabr kuni 6410 nafar kishida koronavirus aniqlanib, kunlik yangi antirekord qayd etilgan edi.

19-oktabr holatiga esa mamlakatda 4766 ta kasallanish holati aniqlandi, ularning umumiy soni esa 303 ming nafardan oshdi. Pandemiya boshidan buyon koronavirus infeksiyasidan Ukrainada 5673 kishi vafot etgan.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 40 million kishidan oshdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni AQSh (8,1 million kishi), undan keyingi o‘rinlarni Hindiston (7,5 million kishi) va Braziliya (5,2 million kishi) egallagan. To‘rtinchi o‘rinda Rossiya bo‘lib, 1,4 million kishi COVID-19’ga chalingani qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov