Daryo

Vitaliy Klichko koronavirusga chalindi

Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, u kasallikni kasbiy faoliyati sabab yuqtirib olgan

1 daqiqa o‘qish19 276 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Kiyev meriyasi

Kiyev meri Vitaliy Klichko koronavirusga chalindi. Bu haqda u 24-oktabr kuni o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda “Korrespondent”.

Foto: Kiyev meriyasi

Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, u kasallikni kasbiy faoliyati sabab yuqtirib olgan. “Epidemiya paytida shahar hokimi sifatida ishlash doimiy xavfdan iborat”, – dedi Klichko.

U ishi tufayli doimiy tarzda yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tashrif buyurganini ta’kidlab o‘tgan.

“Men doimiy ravishda koronavirus bilan kasallanganlar davolanadigan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tashrif buyurdim. Ehtiyot bo‘lishga harakat qildim. Ishimning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muntazam ravishda testlar topshirdim”, — deydi Klichko.

Ma’lumot uchun, 23-oktabrda Kiyevda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 650 ta yangi holat tasdiqlandi. Bu ketma-ket uchinchi kunlik antirekord hisoblanadi.

Mavzuga doir:

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar