Daryo

Ukrainada PZR-testlarning 30 foizi yanglish salbiy natija ko‘rsatmoqda

Shu tufayli Ukrainada kasallikning klinik belgilari bo‘lgan bemorlargina kasalxonaga yotqizilmoqda

1 daqiqa o‘qish46 420 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Facebook.com/ukrdav”

PZR-testdan o‘tkazish COVID-19’ga chalingan bemorlarning 30 foizida koronavirusni aniqlamaydi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov  brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Facebook.com/ukrdav”

Shu tufayli Ukrainada kasallikning klinik belgilari bo‘lgan bemorlargina kasalxonaga yotqizilmoqda va davolanmoqda.

Stepanovning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus PZR-testlar orqali aniq tashxislanmasligining bir nechta sabablari bor.

“Bu material yig‘ish, organizmning fiziologik o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq. Shu jumladan, PZR usuli orqali diagnostika uchun surtma olish vaqtida virus qayerda bo‘lishiga ham bog‘liq”, — deya aniqlik kiritdi vazir. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar