Daryo

Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida haydovchining ehtiyotsizligi sababli Labo yonib ketdi

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish39 650 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida joylashgan “Metan” gaz quyish shoxobchasida haydovchining ehtiyotsizligi sababli Labo avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, 3-noyabr kuni soat 19:30 da Zangiota tumani hududida joylashgan “Metan” gaz quyish shoxobchasida haydovchi Sh.H. gaz to‘ldirib bo‘lgach, ulagich moslamasini uzmasdan Labo mashinasida harakatni boshlagan. Buning oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar