Daryo

Portugaliya hukumati aholining mamlakat bo‘ylab harakatlanishini taqiqlab qo‘ydi

Ushbu taqiqqa besh kun davomida amal qilinadi

1 daqiqa o‘qish28 408 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Portugaliyada koronavirus bilan kasallanish holati ortgani sabab aholining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi taqiqlandi. Ushbu taqiqqa besh kun davomida amal qilinadi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, harakatlanishga qo‘yilgan besh kunlik taqiqni buzganlarni to‘xtatish uchun butun mamlakat bo‘ylab nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatilgan.

“Portugaliyadagi 300 dan ortiq munitsipalitet orasida harakatlanish 30-oktabrdan 3-noyabrga qadar taqiqlandi. Hukumat shu orqali koronavirusning Avliyolar milliy bayrami vaqtida tarqalish ehtimolligini kamaytirishga urinmoqda”, — deyiladi xabarda.

10 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan Portugaliyada pandemiya boshlanganidan buyon 137 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan va hozirga qadar 2468 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. 30-oktabrning o‘zida yana 4656 kishida virus aniqlangan bo‘lib, bu mamlakat uchun kunlik rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Avvalroq Norvegiya, Fransiya va Ukrainada karantin choralari kuchaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar