Daryo

Ukrainada birinchi marta sutka davomida 7 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

Pandemiya boshidan buyon mamlakatda 322 879 kishida COVID-19 aniqlangan

1 daqiqa o‘qish17 378 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Ukrainada o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 7053 ta yangi holat qayd etilib, kunlik antirekord yangilandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”, mamlakat milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 22-oktabrdagi ma’lumotiga tayanib.

Foto: EPA

Pandemiya boshidan buyon Ukrainada 322 879 kishida COVID-19 aniqlangan. Kasallik oqibatida so‘nggi sutkada 113 kishi, umumiy hisobda esa 6043 kishi vafot etgan.

Kasallikdan 129 533 kishi sog‘aygan, ulardan 2679 nafari so‘nggi sutkada tuzalib chiqqan. Bemorlarning 181 938 nafari davolanishda davom etmoqda.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Kiyev (+631), Xarkov (+627), Odessa (+600) viloyatlarida qayd etilgan.

Oktabr oyi boshlarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ukrainada kunlik kasallanish ko‘rsatkichi kelgusi oylarda ikki baravar ko‘payishini va kuniga 7000 dan 9000 tagacha o‘sishini taxmin qilgandi. Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni 9,5 ming kishidan oshsa, qat’iy cheklovlar joriy qilinishini aytgandi.

Ukrainada 12-martdan umumiy karantin joriy qilingandi. 11-maydan boshlab ayrim choralar yumshatilgan va mahalliy hukumatga vaziyatga qarab karantinni kuchaytirish yoki kamaytirish huquqi berilgan. Ya’ni butun mamlakat bo‘ylab emas, faqat tegishli hududlardagina cheklovlar kuchaytirilgan. Keyinchalik karantinni noyabr oyigacha uzaytirishga qaror qilingan.

Mavzuga doir: Ukraina koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha “qizil” va “yashil” davlatlar ro‘yxatini yangiladi. O‘zbekiston “yashil” davlatlar qatorida

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar