Ukrainada 17-oktabr kuni 6410 nafar kishida koronavirus aniqlanib, kunlik yangi antirekord qayd etildi, deya xabar qilmoqda “Interfaks”.

Foto: Reuters

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi koronavirus epidemiyasini kuzatish tizimining ma’lumotlarga ko‘ra, kun davomida 2194 kishi sog‘aygan, 109 bemor vafot etgan.

Mamlakatda 16-oktabr kuni ham antirekord qayd etilgan edi. Shu kuni Ukraina bo‘ylab 5992 ta yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.

Shuningdek, mamlakatda 15-oktabrda 5062 nafar, 14-oktabrda 5590 nafar va 13-oktabrda esa 5133 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

Jons Hopkins universitetining 17-oktabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 301 856 kishini tashkil qilmoqda. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda COVID-19 kasalligidan 5669 kishi vafot etgan, 129 033 nafar bemor esa sog‘aygan.

Avvalroq Ukrainada karantin yil oxirigacha uzaytirilgani xabar qilingandi.