Daryo

Yangi iPhone 12 naushniklari bilan sotiladigan mamlakat nomi ma’lum bo‘ldi

Ushbu mamlakatda elektronika vositalarini ishlab chiqaruvchilar qurilma jamlanmasiga naushniklar yoki ovozli aloqa vositalarini solishga majburligini ta’minlovchi qonun mavjud

1 daqiqa o‘qish25 572 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Endilikda Apple’ning barcha yangi smartfonlari naushnik va quvvatlantirish qurilmasisiz sotilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu iPhone 12 lineykasidagi barcha modellar va hozirda sotuvda qolgan eski iPhone’larga ham taalluqli. Biroq kompaniya Fransiya uchun istisno qilishga to‘g‘ri keldi va ushbu mamlakatda sotiladigan smartfonlar qutisidan naushnik ham o‘rin oladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ta’kidlanishicha, Fransiyada elektronika vositalarini ishlab chiqaruvchilar qurilma jamlanmasiga naushniklar yoki ovozli aloqa vositalarini solishga majburligini ta’minlovchi qonun mavjud. Chunki 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar smartfonni qulog‘iga yaqinlashtirmasdan gaplasha olishi lozim — bu turli zararli radioto‘lqin nurlanishlaridan himoyalanishga yordam beradi.

Shu sababli Fransiyada sotiladigan barcha iPhone’lar qutisidan simli EarPods naushniklari o‘rin oladi. Biroq kompaniya buni qanday yetkazib berishi noma’lum — Apple o‘zining yangi smartfonlari uchun ixcham quti yaratgan. Taxminlarga ko‘ra, naushniklar alohida aksessuar sifatida taqdim etiladi.

Avvalroq Apple to‘rtta iPhone 12 smartfoni taqdimotini o‘tkazgani, lineykadagi barcha smartfonlar 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: iPhone 12’da keramik oyna paydo bo‘ldi. Bu nima o‘zi?

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar