Daryo

“Jenoa” Eldor Shomurodov transferini tasdiqladi. Eldorning A Seriya klubidagi maoshi ma’lum bo‘ldi

“Jenoa” sport direktori Shomurodov bilan kelishuvga erishilganini tasdiqlagan

1 daqiqa o‘qish105 556 ko‘rishlar0 izoh0

“Rostov” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Jenoa” safiga yo‘l oladi.

Foto: Twitter/@rostovfc

“Jenoa” sport direktori Daniele Fajiano Shomurodov bilan kelishuvga erishilganini tasdiqlagan.

“Biz transfer borasida kelishuvga erishdik. O‘ylashimcha, Shomurodov shartnoma imzolash uchun yaqin orada Italiyaga yetib keladi. Umid qilamanki, bu tez orada ro‘y beradi”, — deydi Fajiano.

Metaratings xabariga ko‘ra, genuyaliklar klubi Shomurodov uchun 7,5 million yevro taklif qilgan. Shuningdek, futbolchining keyingi transferidan “Rostov”ga ulush taklif etilgan.

Eldorning o‘zi yiliga 600-700 ming yevro maosh oladi. A Seriya jamoasi o‘zbekistonlik futbolchi bilan kamida 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Eldor rostovliklar safida 2017-yildan beri to‘p tepib keladi. Mazkur vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan.

25 yoshli futbolchi “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, “Rostov”dan avval “Bunyodkor” safida harakat qilgan. Gollar to‘plami:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar