Daryo

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qimmatbaho yombi va tangalarni xorijga cheklovlarsiz olib chiqish huquqi berildi

Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi

1 daqiqa o‘qish30 642 ko‘rishlar0 izoh0

“Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.

Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari may oyidan buyon birinchi bor qisqardi

Avval Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov yaqin kunlarda oltin va kumush tangalar yana muomalaga chiqarilishi haqida ma’lum qilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar