Rossiya Premyer Ligasining 9-turida “Rostov” 27-sentabr, yakshanba kuni Tulaning “Arsenal” jamoasi bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter/@rostovfc

Uchrashuvning 9-daqiqasida Evans Kangva tulaliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Yevgeniy Chernov muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunida “Rostov”ning yaponiyalik yarim himoyachisi Kento Hashimoto ketma-ket ikki bor mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar tashabbusga ega bo‘ldi, biroq rostovliklar darvozasi tomon hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtga kelib yo‘l topa oldi. Muhammad Qodiri uchrashuv yakunlanishi arafasida hisobni qisqartirdi.

Ta’kidlash joiz, o‘yin keskin kurash va qo‘polliklarga boy bo‘ldi. Uchrashuv hakami cho‘ntagidan o‘n marta sariq va bir bora qizil kartochka olishga majbur bo‘ldi.

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 70-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur g‘alabadan keyin Valeriy Karpin shogirdlarining ochkolari 17 taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi.

RPL

9-tur bahsi

27-sentabr, yakshanba

“Arsenal Tula” — “Rostov” 2:3

Gollar: 1:0 – 9 Kangva, 1:1 – 13 Chernov, 1:2 – 40 Hashimoto, 1:3 – 45 Hashimoto, 2:3 – 90+4 Muhammad.

“Arsenal Tula”: Levashov, Burlak, Bauer, Belyayev, Sokol (Kombarov, 46), Kangva (Muhammad, 46), Kovalev (Xlusevich, 71), Gorbatenko (Ajoyev, 81), Kostadinov, Kangva, Tkachev (Gromiko, 82).

“Rostov”: Baburin, Osipenko, Kozlov, Chernov, Hajikadunich (Chistyakov, 46), Glebov, Normann, Ionov (Poloz, 62; Dolgov, 90), Bayramyan (Yeremenko, 90), Hashimoto, Shomurodov (Logashov, 70).

Ogohlantirishlar: Ionov (17), Chernov (24), Kovalev (35), Kangva (38), Bayramyan (48), Bauer (48), Normann (52), Hashimoto (53), Glebov (54), Kombarov (60).

Chetlatish: Glebov (66).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!