Daryo

Bir zumda tayyor bo‘ladigan mazali nonushta retsepti

Yogurt, asal va meva qo‘shib issiq yoki sovuq holida ham iste’mol qilish mumkin

1 daqiqa o‘qish28 969 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yeda.ru”

“Vareniki”larni tayyorlash uchun ko‘p mahsulot ham, vaqt ham ketmaydi.

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Tuxum — 1 dona
  • Tvorog — 200 gr
  • Un — 200 gr
  • Shakar, tuz
Tayyorlanish jarayoni:
Foto: “Yeda.ru”

Idishga tvorog soling, shakar, tuxum va un qo‘shib sanchqi bilan aralashtiring.

Foto: “Yeda.ru”

Stol ustiga yopishib qolmasligi uchun un seping va tvorogli xamirni ikkiga bo‘lib, har ikkisini ingichka shakliga keltirib oling.

Foto: “Yeda.ru”

Xamirni bir xil qalinlikda kesib chiqing.

/>

Qozonda suv qaynatib oling va xamir bo‘laklarini birma-bir solib pishirib oling. Pishgan xamirlar ustidan murabbo soling.

Foto: “Yeda.ru”

Yogurt, asal va meva qo‘shib issiq yoki sovuq holida ham iste’mol qilish mumkin.

Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar