Daryo

Toshkentda uch mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Matiz haydovchisi chap tomonga burilish vaqtida kesishma yo‘ldan harakatlanib kelayotgan va harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan Spark’ga yo‘l bermaganligi sababli to‘qnashuv yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish44 102 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkentning Sergeli tumanida Matiz, Spark va Cobalt ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 4-sentabr kuni soat 08:20 da tumanning Obihayot va Fayzli ko‘chalari kesishmasida yuz bergan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Matiz haydovchisi 72 yoshli Leliy K. chap tomonga burilish vaqtida kesishma yo‘ldan harakatlanib kelayotgan va harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan 27 yoshli Shukurjon M. boshqaruvidagi Spark’ga yo‘l bermaganligi sababli to‘qnashuv yuzaga kelgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Matiz inersiya sababli harakatni davom ettirib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 39 yoshli Aleksey K. boshqaruvidagi Cobalt’ga urilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
YTH oqibatida Matiz haydovchisi olgan jarohatlar tufayli voqea joyida vafot etgan. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar