Daryo

Baqlajondan yengil hazm bo‘luvchi va mazali taom retsepti

Qaylali baqlajonni go‘sht yoki tovuqli taom yoniga garnir sifatida qo‘shib iste’mol qiling

1 daqiqa o‘qish70 244 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Qaylali baqlajonni go‘sht yoki tovuqli taom yoniga garnir sifatida qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Baqlajon — 500 gr
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra
  • O‘simlik yog‘i ta’bga ko‘ra
  • Piyoz —2 dona
  • Pomidor — 200 gr
  • Olma sirkasi — 2 choy qoshiq
  • Shakar — 1 osh qoshiq
Tayyorlanish jarayoni:
  • Baqlajonlarni dumaloq shaklda to‘g‘rang, tuzlang, murch seping.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada baqlajonlarni tillarang tusga kirgunicha qovurib oling.
  • Piyozni o‘rtacha qalinlikda to‘g‘rab, alohida tovada qovurib oling.
  • Pomidorga sirka, tuz, shakar va murch qo‘shib aralashtiring.
  • Chuqurroq idishga baqlajon va piyozni solib, ustidan pomidorli aralashmani qo‘shing.
  • 15 daqiqa davomida dimlang.
  • Pishganidan keyin sovitib keyin dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar