Daryo

Andijonda YPX inspektori to‘xtatgan Nexia’dagi yo‘lovchi o‘zining 10 ta 100 dollarlik kupyurasini yirtib, sochib yubordi. Pullar qalbaki bo‘lgan

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish82 578 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Andijonda qalbaki dollar olib ketayotgan Nexia yo‘lovchisi YPX inspektori tekshiruvida qo‘lga tushdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, 24-avgust kuni soat 16:50 larda, Andijon viloyat IIB YXHB Yo‘l patrul xizmati katta inspektori va viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd davomida Andijon tumani, “Zavroq” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida harakatlanib kelayotgan A.A. boshqaruvidagi Nexia YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan.

Ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkentning Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli M.M. o‘zini shubhali tutganligi sababli undan shaxsini tasdiqlovchi hujjati so‘ralgan. Biroq M.M. IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, voqea joyidan qochishga urinib, yonida bo‘lgan 100 dollar kupyuradagi 10 dona, jami 1000 dollar miqdoridagi pullarni yirtib, sochib yuborgan vaqtida ushlangan.

Andijon viloyati IIB EKBning 25-avgustdagi xulosasiga ko‘ra 1000 dollar miqdoridagi kupyuralar qalbaki ekanligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar