• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi o‘nlab avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi

    Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 23-avgustdan 1-sentabrgacha qadar ushbu oraliqda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    Shu munosabat bilan Ahmad Donish ko‘chasi va Ahmad Donish—Yangi shahar, Ahmad Donish—Yunus ota ko‘chalari kesishgan chorrahalar orqali harakatlanuvchi 17 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra (avtobus saroylariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha):

    • 5-sonli yo‘nalish harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yunus ota ko‘chasi, “Xo‘rozcha” (“Petushok”) bekati, Yunus ota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh, Ahmad Donish ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 25-sonli yo‘nalishning Yunusobod 9-dahasi tomon harakati Yangi shahar ko‘chasidan, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh, Rixsiliy ko‘chalari orqali, “ToshGRES” qo‘rg‘oni tomon harakati Rixsiliy ko‘chasidan Amir Temur shoh, O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi shahar ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;
    • 60-sonli yo‘nalish harakati Oqtepa ko‘chasidan Yunus ota ko‘chasi, “Xo‘rozcha” (“Petushok”) bekati, Yunus ota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 72-sonli yo‘nalish harakati Yunusobod 12-dahasi bekatidan Ahmad Donish, THAY ko‘chalari, Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 82-sonli yo‘nalishning Ibn Sino 2-mavzesi tomon harakati Yunus ota ko‘chasi, “Xo‘rozcha” (“Petushok”) bekati, Yunus ota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh, A.Donish ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda, Yunusobod 17-dahasi tomon harakati A.Donish ko‘chasidan Yunusobod bozori bekati, A.Temur, Chinobod, Yangi shahar, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 83-sonli yo‘nalishning Yunusobod 6-dahasi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yangi shahar, Chinobod, Amir Temur ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 91-sonli yo‘nalish harakati N.Ibragimov ko‘chasidan Yunus ota ko‘chasi, “Xo‘rozcha” (“Petushok”) bekati, Yunus ota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 95-sonli yo‘nalish harakati N.Ibragimov ko‘chasidan Yunus ota, Yangi Yunusobod, Yangi shahar, Chinobod, Amir Temur shoh ko‘chalari, Yunusobod bozori, Amir Temur shoh Osiyo ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 96-sonli yo‘nalishning Yunusobod 9-dahasi tomon harakati Dehqonobod ko‘chasidan Yunus ota ko‘chasi, “Xo‘rozcha” (“Petushok”) bekati, Yunus ota, Yangi Yunusobod, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali, Istiqlol ko‘chasi tomon harakati Rixsiliy ko‘chasidan Amir Temur shoh, Chinobod, Yangi shahar, Yangi Yunusobod, Yunus ota ko‘chalari, “Xo‘rozcha” (“Petushok”) bekati, Yunus ota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;
    • 119-sonli yo‘nalish harakati Yangi shahar ko‘chasi orqali 5-bolalar shifoxonasi bekatida qisqartirildi;
    • 140-sonli yo‘nalish harakati Yunusobod 12-dahasi bekatidan Ahmad Donish, THAY ko‘chalari, Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 149-sonli yo‘nalish harakati THAYdan Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chasi, Yunusobod bozori, Amir Temur shoh, Rixsiliy ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartirildi;
    • 198-sonli yo‘nalishning 7-shahar shifoxonasi tomon harakati Yangi shahar ko‘chasidan, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh (Yunusobod bozorigacha harakatlanmagan holda), Shahriston ko‘chalari orqali, Jismoniy tarbiya instituti tomon harakati Shahriston, Amir Temur shoh, O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi shahar ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;
    Xususiy korxonalarga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha:
    • 36-sonli yo‘nalishning “Zenit” zavodi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh, Rixsiliy ko‘chalari orqali, TTZ mavzesi tomon harakati Rixsiliy, Amir Temur shoh, O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;
    • 52-sonli yo‘nalish harakati ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi xususiy korxonaning tashabbusi bilan texnik-iqtisodiy sharoitlar tufayli vaqtinchalik to‘xtatildi.
    • 152-sonli yo‘nalishning Yunusobod 19-dahasi tomon harakati Bog‘ishamol, Amir Temur shoh (Yunusobod bozorigacha harakatlanmagan holda), O‘lkaobod, O‘lkaobod 3-tor, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali, Yangiobod mavzesi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan, O‘lkaobod 3-tor, Elnur, Amir Temur shoh ko‘chalari, Yunusobod bozori, Amir Temur shoh, Bog‘ishamol ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi;
    • 190-sonli yo‘nalishning Yunusobod 19-dahasi tomon harakati Amir Temur shoh ko‘chasi, Uch qahramon aylanma yo‘li, THAY, Yangi Yunusobod ko‘chalari orqali, Saodat savdo markazi tomon harakati Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yunus ota ko‘chasi, “Xo‘rozcha” (“Petushok”) bekati, Yunus ota, Dehqonobod, THAY ko‘chalari, Uch qahramon aylanma yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartirildi.
    Mazkur yo‘nalishlar harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida yo‘nalishlardagi qatnov vaqtlarining va avtobuslar orasidagi oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.

    Shuningdek, O‘lkaobod va Chinobod ko‘chalarida kunning turli vaqtlarida turli miqdordagi avtotransport tirbandliklari yuzaga kelayotganligini inobatga olib, yo‘lovchilar tashishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida ushbu ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari harakatiga qisman o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

    Bundan tashqari, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilgan.

    Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida avtotransport vositalarining Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga harakatlanishi vaqtinchalik cheklangan.

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    Shu munosabat bilan yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgunga qadar 25-avgustdan boshlab 37-sonli “Mahalliy Aeroport-3—Toshkent MUM” va 55-sonli “Toshkent quvur zavodi—Istiqlol ko‘chasi” avtobus yo‘nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan so‘ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko‘chalari, Farg‘ona bozori ko‘prik osti yo‘li, Farg‘ona yo‘li—Jarqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi, Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartirilgan.

    Avvalroq Kichik halqa avtomobil yo‘lining Usmon Nosir 2-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismida yangi ko‘prik yo‘lini qurish ishlari doirasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ushbu chorraha 27-avgustdan boshlab bir oy muddatga avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    “Toshshahartransxizmati”ning yozishicha, mazkur chorraha orqali harakatlanuvchi 32, 62, 70-sonli yo‘nalishlar harakati Janubiy vokzal, Shota Rustaveli, Usmon Nosir 2-tor, Qushbegi mavzesidagi mahalliy yo‘l, Qushbegi, KHAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

    Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘lidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazilgan edi. Metroning yangi yo‘nalishlari Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan. Ko‘chani ta’mirlash ishlari metro yo‘nalishlari yakunlanganidan so‘ng boshlangan. Qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshirilib, ilk jarayon sentabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent hokimligi Ahmad Donish ko‘chasi yopilishi haqida ko‘cha yopib bo‘linganidan bir kun o‘tib xabar berdi
    • Yunusoboddagi Ahmad Donish ko‘chasini tozalash boshlandi. Ko‘chadagi peshlavha va bannerlar o‘zbek tiliga o‘girilmoqda
    • Video: Yunusobodda Megaplanet oldidagi chorraha 94 metrgacha kengaytirildi

    27.08.2020, 15:10   Izoh (0)   19133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi rossiyalik bloger Ilya Varlamovning videosi yuzasidan bayonot berdi

    27.08.2020, 14:57

    Samarqandda to‘ydan yuk ortib chiqqan “ZIL” haydovchisi shu to‘ydan chiqqan mast kishini bosib ketdi

    27.08.2020, 14:36

    Foto: Jizzaxda qopqonga tushgan ayiq qutqarildi

    27.08.2020, 14:11

    O‘zbekiston 9 ta davlatga 36 mln dollarlik shaftoli eksport qildi

    27.08.2020, 13:35

    Navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik ozodlikka chiqdi

    27.08.2020, 13:10

    Prezident “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi

    27.08.2020, 12:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.