Daryo

Xamiriga qovoqcha qo‘shiladigan qiymali “cheburek” retsepti

Ushbu mazali yegulik ta’mi, oila a’zolaringiz og‘zida qolishi aniq

1 daqiqa o‘qish22 354 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Delo vkusa”

Nonushtaga nima pishirishni bilmayotgan uy bekalari uchun tez pishadigan “cheburek” retsepti bilan bo‘lishamiz. Ushbu mazali yegulik ta’mi, oila a’zolaringiz og‘zida qolishi aniq.

Foto: “Delo vkusa”
Kerakli mahsulotlar:
  • Qovoqcha (kabachki) — 550 gr
  • Mol go‘shti — 430 gr
  • Piyoz — 150 gr
  • Shivit — 30 gr
  • Un — 250 gr
  • Sut — 350 ml
  • Tuxum — 2 dona
  • O‘simlik yog‘i —190 ml
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni:
  • Go‘shtni qaynatib oling.
  • Mayda to‘g‘ralgan piyozni o‘simlik yog‘i solingan tovada qovurib oling.
  • Go‘sht va piyozni go‘sht qiymalagichdan chiqaring va tuz, murch seping.
  • Qovoqchani qirg‘ichdan chiqarib, tuxum, un, sut, o‘simlik yog‘i va tuz qo‘shing.
  • Quymoqnikidan quyuqroq xamir bo‘lishi kerak.
  • Bir-ikki qoshiq yog‘ solingan tovaga bitta quymoq pishirish uchun soladigan miqdorda xamir soling. Xamir tovani qoplashi kerak.
  • Xamirning yarmiga qiyma soling va 1-2 daqiqadan keyin buklang.
  • Ikkinchi tomonini ham pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar