“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
12:34, 25.07.2020 24477

Vitaminlarga boy gruzincha sho‘rva — chakapuli retsepti

Chakapuli deb nomlanuvchi ushbu taom Gruziyada vinodan tayyorlanadi. Biz esa sizga sho‘rva qo‘shib tayyorlanadigan variantini taqdim qilamiz. Unga qo‘shilgan ko‘kat va sabzavotlar taomning mazali hamda foydali bo‘lishini ta’minlaydi.

Foto: Lifehacker

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Go‘sht — 700-800 gr
  • Tarxun — 150 gr
  • Yashil bulg‘or qalampiri — 4 dona
  • Sho‘rva
  • Sarimsoq va ko‘k piyoz
  • Maydalangan qizil qalampir, kashnich, petrushka

Tayyorlanish jarayoni:

  • Go‘shtni o‘rtacha kattalikda maydalab oling.
  • Piyoz, tarxun, petrushka, sarimsoq, bulg‘or qalampirini to‘g‘rab aralashtiring.
  • Qozonga go‘shtning bir qismini, ustidan ko‘katlarni soling va shu tarzda ustma-ust terib chiqing.
  • Sho‘rvani quying va ustini yopib pishirib oling.
  • Taom 1 yarim soat davomida past olovda yetilib pishishi kerak.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ